Tojikistonda dunyodagi eng katta doira yasaldi

Jahon 17:28 / 11.01.2019 22588

Tojikistonning Ko‘lob shahrida istiqomat qiluvchi 30 yoshli Saidnodir Haydarov musiqa asboblari ustasi sanaladi. U dunyodagi eng yirik doirani yasash ustida qariyb 100 kun ishladi, deya xabar bermoqda Aziya-Plyus.

Doira — o‘zbek, tojik, uyg‘ur va boshqa sharq xalqlarining cholg‘u asbobi. Gardishi o‘rik, yong‘oq yog‘ochidan yasaladi. Gardishi ustidan tashqari tomondan teri bilan qoplanadi. Gardishning ich tomoniga tanburnikiga o‘xshash halqachalar osiladi. 

Doiraning asosiy qismi (gardishi) tok zangi, so‘nggi yillarda zarang, akatsiya, ba'zan tol daraxtlaridan ishlanadi. Gardishning tashqi tomoniga buzoq, toy yoki echkining oshlangan terisi qoplanadi. Ichki tomoniga esa tanburnikiga o‘xshash ma'dandan ishlangan halqachalar osiladi. Doiraning halqasiz turlari ham mavjud.

Saidnosir tomonidan yasalgan doiraning diametri - 1,7 metr. U 34 kilogramm og‘irlikka ega. 

«Darvoqe, bu mening ikkinchi urinishim - o‘tgan yil boshida shogirdlarim bilan diametri 1,5 metr bo‘lgan doirani yaratdim. Keyin o‘z rekordimni yangilashga qaror qildim va 20 santimetrga kattaroq doira yasadim», - deydi usta.

 

Ko‘proq yangiliklar: