Polshada Huawei’ning yana bir xodimi hibsga olindi 

Jahon 20:05 / 11.01.2019 5090

Xitoy fuqarosi, Huawei kompaniyasi top-menejyeri Polshada Xitoy foydasiga razvedka ma'lumotlari to‘plash gumoni bilan hibsga olindi. Bu haqda Polsha razvedka xizmatiga iqtibos keltirgan holda OAV ma'lum qildi.

Xitoylik bilan birga avval Polsha ichki xavfsizlik xizmatida ishlagan polshalik qo‘lga olingan. Ular kamida 3 hafta hibsda ushlab turiladilar.

Shunisi ma'lumki, xitoylik Huawei’da yuqori lavozimni egallaydi. U haqda boshqa ma'lumotlar keltirilmagan.

Polsha televideniyesi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat maxsus xizmati xodimlari Huawei’ning mahalliy ofislarida, qo‘lga olingan polshalik ishlagan Orange Polska telekommunikatsiya kompaniyasida hamda Polsha telekommunikatsiya regulyatori binosida tintuv o‘tkazishgan.

Huawei’da haqiqatan ham kompaniya xodimi hisoblanuvchi xitoylik ushlanganidan xabardor ekanliklari aytilgan. Orange Polska tergov doirasida Polsha hukumati bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qilgan. 

Dekabrda Kanadada AQSh so‘rovi bilan Huawei’ning moliyaviy direktori Men Vanchjou hibsga olingandi. Ayol AQShda Eronga qarshi sanksiyalar tartibini buzishda ayblanmoqda. Keyinroq u 7,5 mln dollar garov puli evaziga ozod qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: