Kanadada ulkan o‘lchamdagi quvur tashilishi videoda qayd etildi

Jahon 22:17 / 11.01.2019 13086

Kanadaning Alberta viloyati poytaxti Edmonton shahri orqali shahar chekkasida qurilayotgan zavod uchun favqulodda katta o‘lchamdagi metall quvur olib o‘tildi.

Ulkan quvur 40 ta g‘ildirakli tirkama yordamida tashilgan.  

Foto: CBC News
Foto: CBC News
Foto: CBC News

 Quvurning umumiy uzunligi 96 metrni, avtopoyezdniki esa 180 metrdan ko‘proqni tashkil qilgan. Yo‘ldagi burilishlar transport uchun ayniqsa katta murakkablik tug‘dirgan.

Mahalliy OAVning ma'lum qilishicha, 900 tonnalik quvur Heartland Petrochemical Complex kimyo zavodining bir qismiga aylanadi. Korxona metandan plastik ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: