Germaniyadagi to‘rtta sud binosi portlatish tahdidi bitilgan xabar oldi

Jahon 15:42 / 11.01.2019 3540

Germaniyaning Kil, Erfurt, Magdeburg va Potsdam shaharlaridagi sudlarning elektron pochtasiga bino portlatilishi tahdidi bitilgan xabarlar keldi. Bu haqda Hannoversche Allgemeine nashri xabar berdi.

Sud binolariga politsiya va maxsus texniklar guruhi jo‘natilgan. Politsiya va maxsus o‘rgatilgan it bombani izlamoqda.  

"Hozirda Potsdamdagi adliya markazi binosida operatsiya o‘tkazmoqdamiz. Bu yerga portlatish tahdidi bitilgan xabar kelgan", deb yozdi Brandenburg yeri politsiyasi o‘zining Twitter sahifasida.

Xabarda aytilishicha, bino to‘liq evakuatsiya qilingan va atrofi o‘rab olingan.

Ko‘proq yangiliklar: