“Durable Beton“ yuqori aniqlikdagi betonning sotilishi boshlangani haqida e'lon qiladi

Jamiyat 10:40 / 11.01.2019 14102

“DURABLEBETON” BAB majmuasi O‘zbekiston bozorida bir yildan kam vaqt davomida faoliyat ko‘rsatmoqda, biroq bu davr ichida u o‘zini tajribali hamkor sifatida namoyon eta oldi, shuningdek, Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida eng yirik beton ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib qoldi. “DURABLEBETON” beton qorishmalarining katta hajmda ishlab chiqarilishi, yuqori texnologik mahsulot ishlab chiqarish uchun to‘sqinlik qilmayapti, sababi jamoada yuqori malakali mutaxassislar mehnat qiladilar.

Foto: Durable Beton

Bunday yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarilishi, kompaniyaning barcha betonni aralashtiruvchi jihozlari zamonaviy uskunalar vositasida ishlayotgani bilan izohlanadi, texnologik jarayonlarda standartlarga amal qilinishi ustidan nazorat yuritish, yuqori malakali mutaxassislarning zimmasiga yuklatilgandir. Mahsulot sifati esa GOST, KMK va  ShNK standartlariga to‘la muvofiq bo‘lib, sifat pasporti bilan tasdiqlanadi.

“DURABLEBETON” tovar beton va turli markadagi sement-qumli aralashmalar ishlab chiqaradi. Qish mavsumida nafaqat issiq suvdan foydalanilinibgina qolmay, muzlashga qarshi qo‘shimchalar ham qo‘llaniladi , bu esa o‘z navbatida yil davomida monolit qurilish jarayonini uzluksiz olib borish imkoniyatini beradi.

Foto: Durable Beton

Kompaniyada, beton aralashtiruvchi jihozlarning geografik joylashuvidan foydalangan holda, materiallarni yetkazib berishni nazorat qilish, kelgusida rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmlarini tahlil etish va bundan kelib chiqib, omborlarni xomashyo bilan muntazam to‘ldirib borish, shuningdek, butun ishlab chiqarish hajmini teng taqsimlash imkoniyati mavjuddir. Oxirgi holatda, buyurtmachi betondagi barcha xususiyatlar saqlanib qolgan tarzda qabul qiladi.

Kompaniya, betonni yetkazib berishdan joylashtirishgacha bo‘lgan hamkorlikning barcha bosqichlarida kun-u tun qo‘llab quvvatlashni ta'minlaydi: barcha qurilish ishlari yakuniga yetgunga qadar, beton markasidan to to‘ldiruvchini tanlash jarayonigacha. “DURABLEBETON” maxsus transportlar parki va zamonaviy logistika markaziga ega ekanligi, ishlab chiqarilgan tayyor betonni kompaniyaga tegishli transport vositalarida buyurtmachiga yetkazib berish imkoniyatini yaratadi. Har bir yo‘nalish individual tarzda logistik markaz mutaxassislari tomonidan ishlab chiqiladi va GPS navigatsiya uskunasi orqali kuzatib boriladi. 

Foto: Durable Beton

BAB majmuasining tasarrufida, Toshkentning turli hududlarida oltita qurilmalari mavjud, ularning umumiy quvvati sutkasiga 10000 m³tovar betonni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Bu esa, poytaxt va poytaxt viloyatining istalgan hududidagi iste'molchilarga o‘z vaqtida beton yetkazib berishni ta'minlab beradi. ““Durable Beton“ kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 avgustdagi qaroriga muvofiq, poytaxtimizda qurilayotgan “Business city” formatidagi zamonaviy ishbilarmonlik markazlari, xususan,“Toshkent city”, “Olmazor city”, “Oqtepa city”, hamda Toshkent shahri xokimligi tomonidan Sergeli tumanidagi kam ta'minlangan oilalar uchun qurilayotgan 66 tadan iborat turar joy majmuasining asosiy beton yetkazib beruvchisidir.

Mutaxassislar bevosita ishlab chiqarish bo‘linmalarida mahsulot sifati ustidan nazorat olib boradilar. Har bir BAB zamonaviy mobil laboratoriyalar bilan jihozlangandir, bu esa o‘z yo‘lida ishlab chiqarishni uzluksiz nazorat qilish imkoniyatini yaratadi.

“DURABLEBETON” beton ishlab chiqaruvchining xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

✅Professional yondashuv. Kompaniya sifatli beton ishlab chiqarish bilan bog‘liq,betonlar klassifikatsiyasining GOST va KMK ga to‘la muvofiq bo‘lgan (V75 markasidan (M100) dan V60 (M 800) gacha) to‘liq ro‘yxatini taqdim etadi;

✅Yo‘lga qo‘yilgan logistika. Buyurtmachi ushbu ishlab chiqaruvchidan beton sotib olgan taqdirda, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining istalgan hududiga mahsulotning ishchi xususiyatlari 100% saqlangan tarzda, tez va qulay yetkazib berish xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

✅Sifatni nazorat qilish. Kompaniya mutaxassislari nafaqat sifat nazoratini olib boradilar, balki texnologiyaga zamonaviy talablarni tatbiq etishga ham intiladilar;

✅Innovatsion yondashuv. “DURABLEBETON” zamonaviy uskunalarda beton ishlab chiqaradi, bu esa o‘z navbatida yuqori sifatli mahsulot olish imkonini yaratadi.

Ma'lumot uchun telefonlar: + 998 (95) 485 55 55

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: