Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida ro‘y bergan YTHda 1-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi

Foto: KUN.UZ
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida yengil avtomobilning 1-sinf o‘quvchisini urib yuborishi oqibatida bir oilaning farzandi vafot etdi. 2019 yil 7 yanvar kuni soat taxminan 14:30 larda Quyichirchiq tumanida, «Neksiya» rusumli avtomobil haydovchisi K.N. qatnov yo‘lini chap tomondan o‘ng tomonga kesib o‘tayotgan 2011-yilda tug‘ilgan piyoda A.I.ni urib yuborgan. Piyoda A.I. og‘ir tan jarohatlari oqibatida Quyichirchiq tuman markaziy shifoxonasida hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB Axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Dastlabki tergov oldi surishtiruv ma'lumotlariga ko‘ra, ta'til kunlari ota-onasining nazoratidan chetda qolgan 1-sinf o‘quvchisi A.I. yo‘l yuzida joylashgan do‘kondan chiqib, yo‘lni belgilanmagan qismidan yugurib o‘tayotgan vaqtida ushbu yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan O‘zR Jinoyat kodeksining 266-moddasi, ya'ni «transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish»ning tegishli qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta'kidlash o‘rinliki, deyiladi xabarda, Toshkent viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari, mas'ul xodimlar hamda ularning ota-onalari ishtirokida o‘quvchilar tomonidan yo‘llarda harakatlanish qoidalari, maqsadsiz ravishda avtomobil yo‘llarda yurmaslik borasida targ‘ibot suhbatlari o‘tkazilishiga qaramasdan shunday mudhish hodisa ro‘y bergan.
Shu munosabat bilan ota-onalardan jondan aziz farzandlarini qarovsiz qoldirmaslik, avtomobil yo‘liga ularni yolg‘iz chiqarmasliklarini tavsiya qilamiz.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Veolia Energy Tashkent issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlarini to‘xtatdi
O‘zbekiston | 19:07
-
Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Jamiyat | 19:01
-
Yaponiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ta’lim: Toshkent Kimyo universiteti yangi bosqichda
Jamiyat | 19:00
-
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi
O‘zbekiston | 18:33
Mavzuga oid

16:44 / 09.07.2025
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

21:54 / 30.06.2025
Toshkent viloyatida 4 gektar yerni 300 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

15:22 / 27.06.2025