So‘xda yong‘in: bir kishining jasadi topildi

Jamiyat 12:53 / 10.01.2019 6796

2019 yil 9 yanvar kuni Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida yashovchi O‘.A.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. 

Oqibatda uyining 180 kv.m. maydonida tom va ichki qismlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining o‘g‘li Q.A.ni kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Yong‘in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: