Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Terrorchilar qo‘lida bo‘lgan 47 nafar Qozog‘iston fuqarosi Suriyadan evakuatsiya qilindi

Foto: Videodan kadr
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev respublika huquqni muhofaza qilish organlari mamlakatning 47 nafar fuqarosini Suriyadan evakuatsiya qilganini ma'lum qildi.
"6 yanvar kuni huquqni muhofaza qilish organlari va tashqi ishlar vazirligi amalga oshirgan gumanitar operatsiya natijasida 47 nafar Qozog‘iston fuqarosi, jumladan 30 nafar bola Suriyadan evakuatsiya qilindi. Ular aldov yo‘li bilan inqiroz ichida qolgan mamlakatga olib ketilgan va terrorchilar qo‘lida garovda bo‘lgan", deyiladi Nazarboyevning matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan bayonotida.
Prezidentning qayd etishicha, mamlakatga qaytarilganlarga davlat tomonidan har tomonlama yordam ko‘rsatiladi.
Nazarboyev Qozog‘iston o‘z fuqarolarini ular qayerda bo‘lishlaridan qat'i nazar qo‘llab-quvvatlashini ta'kidladi.
"Asosiy vazifamiz bu xavfsizlikni ta'minlash, mamlakat yaxlitligi va birligini himoya qilishdir. Biz o‘z ixtiyorisiz jangovar harakatlar hududlariga olib ketilgan bolalarni qaytarishni davom ettiramiz", deyiladi Qozog‘iston prezidentining bayonotida.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda
O‘zbekiston | 16:00
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
O‘zbekiston | 15:52
-
Mers: AQSh bojlari Germaniya eksportiga qattiq ta’sir qiladi
Jahon | 15:52
-
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti
Iqtisodiyot | 15:48
Mavzuga oid

14:20
Suriyada darziylar va sunniylar o‘rtasidagi janglarda 37 kishi halok bo‘ldi

19:18 / 12.07.2025
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi

21:42 / 07.07.2025
AQSh «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhidan terrorchi tashkilot maqomini olib tashladi

17:34 / 07.07.2025