Jahon banki kelgusi ikki yil uchun neftning o‘rtacha narxi prognozini bir barrel uchun 67 dollargacha tushirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
JBning fikricha, rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega bozorlarda neftga talabning kamayishi jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, vaziyat OPEK davlatlarining neft qazib olish bo‘yicha kelishuvlariga ham bog‘liqdir.
Shu bilan birga, hozirgi vaqtda OPEKning neft qazib olishni kamaytirish bo‘yicha bitimi tafsilotlari «bozor tomonidan to‘liq tushunilmagan».
Avvalroq, Brent markali neft narxi 3%ga ko‘tarilgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval 2018 yilda rekord sondagi neft tankerlari temir-tersakka topshirilgani xabar berilgandi.