O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarila boshladi

Iqtisodiyot 14:43 / 07.01.2019 28902

O‘zbekiston Markaziy banki 8 yanvar kuni uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 0,83 so‘mga oshgan va 1 dollar 8337,07 so‘mni tashkil etgan.

1 yevro kursi 34,92 so‘mga arzonlab, 1 yevro 9498,42 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 Rossiya rubli 3,51 so‘mga ko‘tarildi va 123,36 so‘mga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, dollarning rasmiy kursi dekabr oyida ikki marta pasaygandi.

Ko‘proq yangiliklar: