Iqtisodiyotda davlat aralashuvi yanada kamaytiriladi

Iqtisodiyot 14:16 / 04.01.2019 10115

Iqtisodiyotda davlat ishtirokining maqsadini belgilash va davlat aralashuvini yanada kamaytirish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytiladi.

Hujjatga ko‘ra 2019 yil 1 sentyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyihada:

davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonasini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish maqsadlarini belgilash;

belgilangan maqsadlarga muvofiq bo‘lmagan davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni taqiqlash;

monopoliyaga qarshi organning ijobiy xulosasisiz davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish amaliyotiga chek qo‘yish;

davlat ishtirokidagi barcha korxonalarni belgilangan maqsadlarga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha respublika ishchi guruhini tuzish;

xususiy sektor samarali faoliyat ko‘rsatayotgan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida paxta tozalash, un, yog‘-moy, go‘sht-sut, oziq-ovqat sanoati va boshqa shu kabi raqobat mavjud bo‘lgan sohalar korxonalaridagi davlat ulushini sotish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank.

Ko‘proq yangiliklar: