Byudjyet defitsiti qo‘shimcha manbalar hisobidan kamaytiriladi

Iqtisodiyot 13:35 / 04.01.2019 5980

O‘zbekistonda qo‘shimcha imkoniyat va manbalar hisobidan byudjyet defitsiti kamaytiriladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytiladi.

Hujjat bilan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda kutilayotgan defitsitni kamaytirish, shu jumladan soliq bazasini kengaytirish va samarasiz xarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan aniq choralar amalga oshiriladi.

Bajarish muddati - yil davomida, ijro uchun mas'ullar - Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.

Shuningdek, yil boshidan joriy etilayotgan bojxona tarif siyosatini tatbiq etish orqali tashqi bozordagi o‘zgarishlarning iqtisodiyotimizga salbiy ta'siri kamaytiriladi - chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi mo‘ljallangan. Bunda tashqi bozordagi o‘zgarishlarning iqtisodiyotimizga salbiy ta'sirini kamaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

Bajarish muddati - 2019 yil 1 may, ijro uchun mas'ullar - Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Hisob palatasi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar.

Ko‘proq yangiliklar: