2018 yilning 27 dekabrida «Belarus 82.1» va «Belarus 80X» rusumli sakkizta traktor O‘zbekistonga yetkazib berildi, deb xabar qilmoqda Asia-Plus.
Tojikiston Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu korxona 2019 yilda bu traktorlarni O‘zbekistonga keng miqyosda yetkazib berish, shuningdek, «Belarus 512» (kabinasiz) rusumli traktorni Afg‘oniston va Pokistonga eksport qilishni rejalashtirmoqda.
Vazirlikdan ta'kidlashlaricha, «Agrotexservis» qo‘shma korxonasi 2018 yilning 29 sentabr kuni, Tojikiston va Belarus prezidentlari Imomali Rahmon hamda Aleksandr Lukashenko ishtirokida rasmiy ravishda ishga tushirilgan.
Bir yil ichida qo‘shma korxona 1,7 mingtadan ortiq traktor ishlab chiqarishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi texnikasining boshqa turlari, jumladan, tirkamalarning yillik ishlab chiqarish hajmi 2,6 ming donani tashkil etadi.