O‘zbekistonda 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi e'lon qilindi

Sport 11:35 / 01.01.2019 11156

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi sport jurnalistlari va muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqladi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi va Xitoyning «Shanxay SIPG» klubi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov O‘zbekistonda 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. So‘rovnomada ikkinchi o‘rinni «Lokomotiv» hujumchisi Marat Bikmayev egallagan bo‘lsa, BAAning «Sharja» jamoasi yarimhimoyachisi Otabek Shukurov va shu oy Janubiy Koreyaning «Seul» klubi bilan shartnoma imzolagan Ikrom Aliboyev yuqori uchlikka yakun yasab berdi.

Murabbiylardan esa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov eng ko‘p ovoz to‘pladi. Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda «Bunyodkor»ning sobiq bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va «Lokomotiv» ustozi Andrey Fyodorov joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq PFL tomonidan Superligada yil laureatlari taqdirlangan, unga ko‘ra «Paxtakor»ning braziliyalik hujumchisi Tiago Bezerra O‘zbekiston chempionatida yilning eng yaxshi futbolchisi, «Lokomotiv» bosh murabbiyi Andrey Fyodorov yilning eng yaxshi murabbiyi deb e'tirof etilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: