Xakerlar shimoliy koreyalik qochoqlar haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘irlashdi

Foto: Dita Alangkara / AP
Xakerlar KXDRlik mingga yaqin qochoq haqidagi ma'lumotlarni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning «Yonxap» agentligi xabar berdi.
Shimoliy koreyalik 997 nafar qochoq haqidagi batafsil ma'lumotlar yozilgan fayl Seuldagi migratsiya markazi kompyuterida bo‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha, kompyuter virus bilan zararlangan va undagi ma'lumotlar virus mualliflari qo‘liga tushgan.
Bu xabarni Koreya birlashuv vazirligi vakillari ham tasdiqlashdi.
Ma'lumotlari xakerlar qo‘liga tushgan barcha shaxslarga bu haqda ma'lum qilingan. Politsiya hozircha xakerlik hujumi ortida kim turganini aniqlay olmadi.
Avvalroq 2018 yil yanvaridan noyabriga qadar Shimoliy Koreyadan Janubiy Koreyaga 1042 kishi qochib o‘tgani aytilgandi.
Mavzuga oid

22:17 / 10.03.2025
KXDR Yaponiyadan 1945 yilda o‘ldirilgan koreyslarning qarindoshlaridan kechirim so‘rashni talab qildi

17:19 / 10.03.2025
KXDR Sariq dengiz tomon ballistik raketalar uchirdi

18:41 / 05.03.2025
KXDR o‘zining birinchi razvedkachi samolyotini yig‘ishni deyarli yakunlagani ma’lum bo‘ldi

14:25 / 04.03.2025