Samarqand viloyati sobiq hokimi ishi bo‘yicha tergov yakunlandi. Ish sudga oshirilgan

Foto: KUN.UZ
Samarqand viloyat sobiq xokimi Turobjon Jo‘rayevga nisbatan tergov yakunlandi, ish sudga oshirildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Bugun, 24 dekabr kuni, «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Bosh prokuratura vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbir davomida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova Samarqand viloyati sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev ishi bo‘yicha tergov yakunlangani va ish sudga oshirilganini xabar berdi.
13 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev korruptsion tizim yaratgani oshkor bo‘lganligi to‘g‘risida xabar bergandi.
Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyat hokimligida turar joylar qurish uchun ruxsatnoma berish, yer uchastkalarini taqsimlashda o‘ziga xos «stavka» joriy etilgan.
Noqonuniy yo‘l bilan topilgan barcha mol-mulk va moddiy boyliklar ro‘yxatga olingan. Barcha faktlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda. Ayblanuvchilar hibsga olingan.
Mavzuga oid

09:15 / 01.04.2025
“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti: Samarqand muhim muzokaralarga tayyorlanmoqda

16:13 / 31.03.2025
Samarqanddagi sammit sabab ba’zi talabalarga qisqa muddatli ta’til beriladi

21:35 / 30.03.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi

11:20 / 26.03.2025