Makkajo‘xorini maza qilib iste'mol qilamiz-u, u haqida nimalarni bilamiz?

Light 15:14 / 24.12.2018 26329

Qachonlardir makkajo‘xorini yeyish uchun yozni kutishga to‘g‘ri kelardi. Hozir esa uni yilning istalgan vaqtida yangi, konservalangan yoki muzlatilgan holida xarid qilish mumkin. Biroq siz u haqida nimalarni bilasiz?

Foto: Pixabay

Ushbu o‘simlikning turlari ko‘p. Biroq faqat bitta turi odam iste'moli uchun yaroqli. Aynan u shirin makkajo‘xori deb ataladi.

O‘simlik poyasi uch yarim, ayrim hollarda esa to‘rt metrgacha o‘sishi mumkin. O‘simlik ildizi bir-bir yarim metrgacha boradi.

Bir so‘taga taxminan mingta don to‘g‘ri keladi. Ular — oz yoki kamligi, ya'ni qanchaligi aslida muhim emas. Biroq doim juft sonda bo‘ladi.

Bir dona makkajo‘xori shoxida kamida sakkizta, ko‘pi bilan qirq ikkita barg o‘sadi. Ko‘p yoki kam bo‘lmaydi.

Eng kichik so‘ta 30 grammdan 50 grammgacha bo‘ladi. Eng yirigi esa 500 grammgacha yetadi.

Yovvoyi holda o‘sadigan makkajo‘xorini uchratish mushkul. U faqat alohida ekilgan dondan unadi.

Donalar rangi va tusi bilan farq qiladi. Turli rangdagi donlar navi ham yaratilgan. “Glas Jyem” ana shulardan biridir.

Qo‘llanilishi va ozuqaviy qiymati haqida

Odamlar qachon bu o‘simlikni madaniylashtirgani borasida aniq ma'lumot yo‘q. Bu taxminan miloddan avvalgi 7 mingdan 12 minggacha bo‘lgan davr oralig‘ida yuz bergan.

Popkorn har doim ham iste'mol qilinmagan. Biroz muddat u penoplast kabi maqsadlarda foydalanilgan.

Foto: Pixabay

Hozirda o‘simlikdan dorivor preparatlar, suvoq, yelim va boshqa ko‘plab foydali mahsulotlar olinadi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar donning o‘zidangina foydalanishmaydi. Poyadagi barglar, so‘ta va hatto poyani ham isrof qilishmaydi.

Makkajo‘xori qaynatilganida yumshoq va yoqimli hidli bo‘lishi uchun unga umuman tuz qo‘shilmaydi.

O‘simlik Markaziy Amerikadan kelib chiqqan, aniqrog‘i — Meksikadan. Bu mamlakat jo‘xorini faol iste'mol qiladigan mamlakatlardan — bir yilda bir kishi taxminan 90 kg don yeydi. Ikkinchi o‘rin AQShga teggan, u yerda mazkur ko‘rsatkich deyarli ikki marta kam.

Makkajo‘xori donlarida shakar ko‘p. Biroq uning deyarli yarmi so‘ta poyadan ajralganidan besh-yetti soat o‘tgach yo‘qoladi.

Makkajo‘xori tarkibida Mendeleyev jadvalidagi 24 ta element bor.

Yetishtirish haqida

Hozirda makkajo‘xori ko‘plab qit'alar aholisi tomonidan yetishtirilmoqda. Antarktida bundan mustasno.

Yevropaliklar makkajo‘xori haqida Xristofor Kolumb sabab bilishdi. Donlarni aynan u keltirgan.

Foto: Pixabay

Boshqa donlar bilan taqqoslaganda egallagan maydoni bo‘yicha yetakchilik jo‘xoriga tegishli.

Dunyoda yetishtirilgan jo‘xorining deyarli to‘rtdan biri AQShga to‘g‘ri keladi.

Ayrim mamlakatlar bir dalada makkajo‘xorini qovoq bilan aralashtirib ekishadi. Bu ularning yaxshi o‘sishiga hissa qo‘shib, ularni zararkunandalardan himoya qiladi hamda namlikning yerda bir xilda taqsimlanishiga olib keladi.

Selektsionerlarning xizmatlari tufayli o‘simlikning mingga yaqin navi bor.

Ko‘proq yangiliklar: