Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzor tumani Bog‘iston ko‘chasida 23 ta 9 qavatli uy quriladi
Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumani Bog‘iston ko‘chasida bunyod etiladigan ko‘p qavatli uylarning qurilish maydonida bo‘ldi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Bu yerda 23 ta 9 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. 900 xonadondan iborat bo‘ladigan bu uylar Turkiya texnologiyasi asosida quriladi va kelgusi yili foydalanishga topshiriladi.
Hozirda uylarning poydevori quyilgan. Ular zilzilaga bardoshli qilib quriladi. Nogironlar uchun ham qulayliklarga ega bo‘ladi. Isitish va sovitish tizimi har bir xonadonda mustaqil boshqariladi.
Davlat rahbari bu uylar mustahkam va sifatli bo‘lishi, poytaxtimizdagi eng namunali joylardan biriga aylanishi kerakligini ta'kidladi.
Shu yerda Toshkent shahrida kommunal tarmoqlarni rivojlantirish, kanallarni mukammal ta'mirlash va tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha loyihalar namoyish etildi.
Prezident poytaxtdagi kanallar atrofini obod saqlash, odamlar dam oladigan, bolalar cho‘miladigan so‘lim va xavfsiz hududlar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019 yilda Toshkentga qancha investitsiya kiritilishi ma'lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19
-
Indoneziyada bortida 280 kishi bo‘lgan parom yonib ketdi (video)
Jahon | 19:57
-
Germaniya kansleri: «Biz tinchligimizga jiddiy tahdidni ko‘rmoqdamiz - va bu Rossiya»
Jahon | 19:17
-
Astronomer kompaniyasi rahbari Coldplay konsertidagi hodisadan keyin ishdan ketdi
Jahon | 17:25
Mavzuga oid

20:50 / 10.07.2025
Prezident Chilonzor tumanidagi loyihalar bilan tanishdi

16:47 / 02.07.2025
Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan tushib ketdi

13:01 / 27.06.2025
Toshkentda 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand vositalarni saqlab kelgan fuqaro ushlandi

11:02 / 25.06.2025