Yoshlikda bajarilishi kerak bo‘lgan 16 narsa

Jamiyat 01:33 / 20.12.2018 35263

Har bir yoshning o‘z afzalliklari va imkoniyatlari bo‘ladi. Undan qanday foydalanishimiz faqat o‘zimizga bog‘liq.

Hayot u qadar uzun emas. 20 yoshda oldimizda cheksiz umr turgandek tuyuladi. Kiprik qoqib ulgurmasingizdan 40 yoshga to‘lgan bo‘lasiz. 20 yoshda oson va tabiiy narsalarning yarmi uchun imkoniyat bo‘lmaydi. Shuning uchun ayrim narsalarni ortga surish kerak emas.

O‘zingiz haqingizda o‘ylang

Buni hech kim siz uchun amalga oshirmaydi. Yoshlik — istaklarni bajarishning eng yaxshi vaqti. Keyin sizda juda ko‘p majburiyat va ortga surib bo‘lmaydigan ishlar paydo bo‘ladi.

Oddiy narsalardan zavq oling

Ko‘proq sayr qiling. Vaqt borligida buyuk kitoblarni o‘qing. Do‘stlar bilan hech qanday manfaatni ko‘zlamay muloqot qiling. Hozir tabiiydek ko‘ringan keyinchalik hashamatga aylanishi mumkin bo‘lgan ushbu fursatlarni qadrlang.

Sayohatga otlaning

Tongni tog‘da kutib oling, barcha okeanlar ta’mini sinab ko‘ring, chang‘ilarda uching. Tabiatning go‘zalligi va yer sharining haqiqiy o‘lchamlarini his eting.

Kim ekaningizni anglang

Har bir odam o‘ziga xos va kuchli hamda kuchsiz jihatlarga ega. Buni qancha erta anglasangiz, hayotingiz shuncha oson bo‘ladi. Dunyoga borligingizcha ko‘rinishdan qo‘rmang, aksincha o‘zingiz bilan faxrlaning.

Fikrni hozirgi kunga jamlashga odatlaning

Bu asosiy ko‘nikmalardan biri bo‘lib, u sizga hayotdan lazzat olib yashashda yordam beradi. Biz o‘tmishni o‘zgartira olmaymiz, kelajakni butunlay nazorat qilishning esa imkoni yo‘q. Shunday ekan, keling bizni hozir, aynan shu yerda o‘rab turgan narsalarga fikrimizni jamlaylik.

O‘zgalar siz haqingizda nima deb o‘ylashidan xavotirlanishni bas qiling

O‘zgalar fikriga o‘ta og‘riqli munosabat — yoshlik belgilaridan biri. Vaqt o‘tishi bilan himoya zirhiga ega bo‘lasiz, biroq matonatni ertaroq shakllantirgan ma’qul.

Nekbin insonga aylaning

Dunyoga ijobiy nazar solish yoshlarga xos. Biroq u keyinchalik tez-tez o‘zgaradi. Bu hisni eslab qolish va saqlashga harakat qiling. Muvaffaqiyatingiz hayotga bo‘lgan munosabatingizga bog‘liq, u optimistik ko‘rinishda qolgani yaxshi.

Salbiy aloqalardan voz keching

Yoshlikda odamlar bilan tanishish va ular bilan aloqalarni bas qilish juda oson. Ulg‘aygan sari bu ancha qiyinlashadi. Shuning uchun sizga salbiy ta’sir o‘tkazadiganlardan ertaroq xalos bo‘lgan ma’qul.

Sayohat qiling

Ko‘pchilik sayohatga chiqishni istaydi, biroq buni ortga suradi, ya’ni oyoqqa turib olishini kutadi. Biroq keyin oila, farzandlar va ish sabab qiziqarli sayohatlarga otlanish uchun vaqt va xohishni topish mushkulroq bo‘ladi. Shuning uchun hozir qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

Xorijiy tilni o‘rganing

Yana bir tilni o‘rganish o‘zingiz uchun yana bir olamni ochishdek gap. Bu ko‘nikma imkoniyatlaringizni kengaytirish va hatto hayotni o‘zgartirishga qodir. Buni ortga surmang: vaqt o‘tgan sari yangi bilimlarga ega bo‘lish qiyin kechadi.

Tajriba o‘tkazing

Yoshlik — tajribalar uchun eng yaxshi davr. Hozirda odatiy tuyulgan narsalar katta yoshda aqlsizlik bo‘lib ko‘rinishi mumkin.

Yaqin do‘stlar doirasini yarating

Murakkab vaziyatlarda suyanishimiz mumkin bo‘lgan yaqin kishilar hammada bor. Odatda, bu oila va do‘stlar. Qarindoshlarni tanlash bizning qo‘limizda emas, biroq do‘stona aloqalarning soni va sifati faqat bizga bog‘liq.

O‘qing

O‘smirlar olamdagi barcha narsalarni bilaman, deb o‘ylashadi. Katta bo‘lgach deyarli hech nima bilmasligimizni anglaymiz. Shuning uchun ilk yoshdan har kuni biror yangi narsani o‘rganish muhim. Bu ko‘nikma sizni ko‘p marotaba qo‘llab-quvvatlashi aniq.

Foydali odatlar orttiring

Hayotingiz yoshlikda shakllangan odatlarga bog‘liq. Keyin zararli odatlardan xalos bo‘lish va foydalilarini orttirish qiyin kechadi. Shuning uchun bu haqida ertaroq o‘ylang.

O‘z iste’dodingizni aniqlang

Yaponiyada bu “ikigay” deb nomlanadi. O‘z iste’dodingiz haqida qanchalik erta o‘ylasangiz, ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishasiz va hayotingiz baxtliroq kechadi. Baxsiz kishilarning tarixi — yo‘qotilgan va topilmagan ma’no tarixidir.

Sport bilan shug‘ullaning

Bu haqiqatan ham foydali. Yosh va sog‘lom ekanimizda jismoniy mashqlarga zaruriyat mavjudligini ko‘rmaymiz. Vaqt o‘tishi bilan ular paydo bo‘lgach, o‘zingizni formaga keltirish ancha murakkab bo‘ladi. O‘zingizni “qo‘yib yubormang”.

To‘g‘ri ishlarni bajarish uchun hech qachon kech emas, biroq ulardan ayrimlarini aynan yoshlikda amalga oshirish osonroq. Vaqtni yo‘qotmang, hayotingiz aynan shu jihatlarga bog‘liq. Harakatda bo‘ling!

Ko‘proq yangiliklar: