Ovqat iste'mol qilish vaqtini o‘tkazib yuborsangiz...

Light 00:47 / 20.12.2018 35946

Nonushta qilishga ulgurmaysiz, chunki uxlab qoldingiz. Tushlik vaqtida esa ishga oid uchrashuvni o‘tkazdingizmi? Yoki uyga keldingiz va kechki ovqatni tayyorlash hamda yeyish uchun kuch yo‘qligi sabab darhol uxlab qoldingizmi?

Foto: Unsplash

Vaqtida ovqatlanmaslikka organizmning reaksiyasi yosh, sog‘likning holati, parhez va faollik darajasiga qaramay holat doimiy ravishda takrorlanganida muayyan oqibatlar bilan javob qaytaradi. Ular aynan nimalar ekani haqida quyida ma'lumotga ega bo‘lasiz.

Biroz vazn yo‘qotasiz

Ovqat vaqtida iste'mol qilinmaganida yuzaga keladigan oqibatlardan biri — vazn yo‘qotish. “Aslida vaqtida ovqatlanmaslik ozishda juda katta yordam berishi mumkin, — deydi parhezshunos Bruk Alpert (Brooke Alpert). — Biroq buni amalga oshirishning to‘g‘ri va noto‘g‘ri usullari mavjud. Chunki agar o‘zingizni cheklash yoki jazolash uchun ovqatlanmasangiz, bu nosog‘lom yondashuv bo‘ladi”.

Alpert kun davomida kamroq yeyish uchun vaqtida ovqatlanmaydiganlar odatda keyingi ovqat iste'molida ortiqcha yeb yuborishlarini aytadi. Buni hisobga olish kerak. Boshqa tomondan esa nonushta yoki birinchi tushlikdan voz kechish 2017 yil tadqiqot natijalariga ko‘ra ortiqcha vaznli kishilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Ortiqcha yeyishni boshlaysiz

2018 yilda International Journal of Obesityʼda o‘tkazilgan tadqiqotlar kun davomida yegulikdan voz kechish ochlikning umumiy darajasini oshirib yuborishini ko‘rsatdi. Bu esa o‘z navbatida ortiqcha iste'mol qilish yoki alkogolga moyillikni chaqirishi mumkin. Eng qo‘rqinchlisi, o‘zingizni cheklashni bas qilishingiz bilan ko‘p iste'mol qilishni boshlaysiz. Gastronomik zo‘riqishga odatlangan organizmga normaga qaytishi uchun vaqt kerak bo‘ladi.

Ko‘proq charchaysiz

“Bu qondagi glyukoza ko‘rsatkichining pasayishi bilan bog‘liq”, — deydi ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis va Eating in Color kitobi muallifi Frensis Largeman-Rot (Frances Largeman-Roth). — Miyani oziqlantirmaganimizda bu organizmga tinchlanish vaqti kelgani haqidagi signal ko‘rinishida boradi”. Ana shuning uchun ham vaqtida ovqatlanmaganingizda bir necha soatdan keyin sizni hisobot tayyorlash yoki majlis kutmayotgani borasida ishonch hosil qilish lozim.

Qorningiz tekislashadi

Frensis Largeman-Rot vaqtida ovqatlanmaslikning yana bir ijobiy ta'sirini tushuntiradi. Bu qorinning kamroq shishishi. “Bu ovqat hazm qilish tizimiga yegulikni qayta ishlash uchun ko‘proq vaqt berilgani sabab sodir bo‘ladi”, — deya izohlaydi mutaxassis.

Bunga qo‘shimcha tarzda tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kun davomidagi ovqat iste'molidan biri o‘z vaqtida bo‘lmasa, qorin sohasidagi yog‘ni kamaytirish va organizmdagi yallig‘lanish markerlarini normallashtirish nuqtai-nazaridan foydali bo‘lishi mumkin.

O‘z hayotingizni uzaytirishingiz mumkin

2018 yilda Cell Metabolism jurnalida nashr etilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra ana shu fikrga kelingan. Kam iste'mol qilinganida yosh bilan bog‘liq kasalliklar, jumladan jigar kasalliklari yoki moddalar almashinuvining buzilishi kam kuzatilgan.

Umuman olganda, gap vaqtida ovqatlanmaslikning afzalligi haqida emas, porsiya hajmini kamaytirishdadir. Buni yodda tuting.

Ko‘proq yangiliklar: