Bolalar o‘yinchoqlari juda xavfli ekani aniqlandi

Light 11:08 / 20.12.2018 27216

Plimut universiteti (Buyuk Britaniya) olimlarining xulosasiga ko‘ra, ko‘plab kundalik narsalar, shu jumladan, plastik o‘yinchoqlar, keramik buyumlar va bo‘yoqlarda kadmiy og‘ir metallining yuqori darajasi bor. Bu haqda Phys.org’dagi matbuot uchun xabarnomada aytiladi.

Kadmiy yorqin qizil, to‘q sariq yoki sariq rang hosil qilish uchun qo‘llaniladi, ammo vaqt o‘tishi bilan bo‘yoq qatlami tushib keta boshlaydi. Bundan tashqari, metall ishlov berish jarayonida shisha buyumlarga tushib qolishi mumkin.

Turli qoidalarga ko‘ra, muhitda kadmiyning zichligi millionga 50-800 qismdan oshmasligi kerak. Biroq, ba'zi narsalar yuzasida kadmiy miqdori tavsiya etilgan yoki maqbul darajadan bir necha baravar yuqori bo‘lishi mumkin.

Eski va yangi stakanlar hamda butilkalar yuzasida metallning eng yuqori darajasi aniqlandi. Shu bilan birga, kadmiy suratlar, logotiplar va yozuvlarni yaratishda foydalaniluvchi bo‘yoqlar tarkibida aniqlangan (metall 70 foiz holatda topildi). Shuningdek, u keramikada (millionga 40 ming qism) va eski plastmassa buyumlarda (millionga 35 ming qism) ham topildi.

Ko‘proq yangiliklar: