Bir marta foydalaniladigan buyumlar haqida bilasizmi?

Light 00:19 / 20.12.2018 8907

Bir marta foydalaniladigan buyumlarning ixtiro qilinishi insoniyat hayotini osonlashtirdi. Bir marta foydalaniladigan dastro‘mol, baxila, go‘daklar uchun taglik va plastik stakanchalarsiz qanday yashashni bir tasavvur qilib ko‘ring-a.

Bari bir marta qo‘llaniladigan soqol olish ustarasidan boshlangan. Uni King Kemp Jilett ixtiro qilgan. Uning kashfiyoti ko‘pchilikni bir martalik buyumlar yaratishga undadi. Bir martalik salfetkalar 1924 yilda Kleenex brendi ostida ishlab chiqarildi.

Bir marta ishlatiladigan dastro‘mollar esa oradan 6 yil o‘tgach ishlab chiqarila boshlandi. Ular xaridorlarga shu darajada yoqdiki, Kimberli-Klark kompaniyasi rahbariyati savdolar hajmini oshirishga qaror qildi.

Zamonaviy baxilalar XX asrning boshiga kelibgina paydo bo‘lgan. Biroq ularning prototipi o‘rta asrlardayoq yaratilgan. Hozirda baxilalarni tibbiyot muassasalarida ayniqsa ko‘p qo‘llashadi. Ular tozalik va gigiyenani saqlash imkoniyatini beradi. Ular dunyoning ko‘plab muzeylarida ham kiyiladi.

Bundan tashqari, tibbiyot xodimlari ish jarayonida bir martalik xalat, niqob, qalpoq, qo‘lqop va qo‘lga kiyiladigan maxsus kiyimlarni qo‘llaydilar.

Tagliklar esa yosh onalarning haqiqiy ko‘makchisiga aylangan. Dastlab ular ko‘p qo‘llanmaganiga ishonish qiyin. Odamlar ularni foydalanish uchun qulay sanashmagan. Ular uchun bolalarni yo‘rgakka o‘rab, yo‘rgakni kuniga o‘n martalab yuvish odatiy yumush sanalgan.

Ilk plastik idish 1908 yilda paydo bo‘lgan. Amerikalik shifokor Elvin Devidson jamoat joylarida foydalaniladigan metall krujkalar inson sog‘lig‘iga salbiy ta'sir ko‘rsatishini isbotlagan. Natijada 1910 yilda kartondan ishlangan ilk bir martalik stakancha ishlab chiqarildi.

Bir marta foydalaniladigan yondirgichlarning ilk nusxalari o‘tgan asrning 72 yilida paydo bo‘lgan. Ular Bic brendi ostida chiqarilgan. Bunga qadar konsern sharikchali ruchkalar ishlab chiqargan.

Ko‘proq yangiliklar: