Ishonish qiyin bo‘lgan 13 ta real fakt

Light 01:53 / 20.12.2018 67928

Dunyoda hali o‘rganilmagan yana ko‘p narsa bor. Masalan, ayiq qarindoshligi jihatidan kimga ko‘proq yaqinroq: sirtlongami yoki itga? Amerikaning Vayoming shtatida nechta eskalator bor? Atrofimizdagi voqealardan xabardor bo‘lish uchun reddit foydalanuvchilari qiziqarli faktlarni to‘plab, bir-birlari bilan o‘rtoqlashadilar. Ayrim hollarda internetda aytilayotgan fikrlarga ishongingiz ham kelmaydi.

Ana shunday faktlardan 13 ta eng qizig‘ini e'tiboringizga havola qilamiz.

Foto: © _melancholi_a / Instagram   © shaman_ungoro / Instagram

Gizadagi piramidalar Yerda mamontlar bo‘lgan vaqtda qurilgan

Olimlar jami majmua miloddan avvalgi XXVI va XXIII asrlar oralig‘ida qurilgani haqida aytishadi. Mamontlar esa 1,6 million yil avval paydo bo‘lgan va eramizdan avvalgi X asrga kelib batamom qirilib ketgan. Bu esa Xeops o‘z nomiga atab qurilgan piramidani ko‘rib xursand bo‘lgan bir vaqtda bir necha ming kilometr uzoqlikda ajdodlarimiz ulkan jonzotlardan qo‘rquvda kun kechirishganini anglatadi.

Foto: © Elf / New Line Cinema

Amerikaning Vayoming shtatida bor-yo‘g‘i 2 ta eskalator bor

Shtat maydoni bo‘yicha AQShning barcha shtatlari orasida 10-o‘rinni egallaydi. Unda 560 mingga yaqin kishi yashaydi. Butun shtat uchun bor-yo‘g‘i ikkita eskalator Kasper shahrining banklarida joylashgan. Mahalliy aeroportda ham uchinchisi paydo bo‘ladi degan gap-so‘zlar bo‘lgan edi, biroq bino bir qavatli qilib qurilgani uchun qurilmaga ehtiyoj qolmadi.

Foto: National Geographic

It — sirtlonga qaraganda ayiqqa yaqin qarindosh

Olimlar it va ayiqlarning ajdodi umumiy ekanini aniqlashgan. Sirtlon esa mushuksimon hayvon bo‘lib, ayiqqa umuman qarindoshligi yo‘q.

Foto: © GallowBoob / reddit   © bankerwithpills / reddit

AQShdagi kutubxonalar soni butun dunyodagi McDonaldʼs restoranlaridan ko‘proq

Amerikaning kutubxonalar assotsiatsiyasi o‘tkazgan hisob-kitoblarga ko‘ra, AQShdagi ommaviy kutubxonalar tizimi 119.847 ta tashkilotni o‘z ichiga oladi. Eng mashhur restoranlar tarmog‘i esa butun dunyoda bor-yo‘g‘i 36 mingta.

Foto: © nasa_rus / Instagram

Gugolpleks soni shu qadar kattaki, uni yozish uchun butun borliqdagi zarralar yetmaydi

Bu son amerikalik matematik Edvard Kazner tomonidan o‘ylab topilgan. U gugolning darajasidagi o‘nga teng (bir va undan keyin 100 nol ko‘rinishida yoziladi). Borliqdagi ma'lum bo‘lgan zarralar soni esa “bor-yo‘g‘i” 81-darajadagi 10dir.

Foto: © card_reality / Instagram

Agar 52 tadan iborat kartalar kolodasini aralashtirgan bo‘lsangiz, sizning kombinatsiyangizni dunyodagi hech bir odam takrorlay olmaydi

52 ta kartadan iborat kolodani aralashtirishning 80 658 175 170 943 878 571 660 636 856 403 766 975 289 505 440 883 277 824 000 000 000 000 imkonli variantlari bor. Shuning uchun kombinatsiyalar ketma-ketligini ikki marta takrorlash ehtimoli haqiqatan ham juda oz.

Foto: Flickr

Koreyaliklar hidsiz terlashadi

Bristol Universiteti olimlari ana shunday xulosaga kelishdi. O‘z tadqiqotlarida ular bu fakt 99,994 foiz koreyaliklar uchun mos kelishini kuzatishgan. Shuning uchun aytishlaricha Janubiy Koreyada dezodorant topish juda muammoli ekan.

Foto: © Enceladus89 / reddit

Odamning barmog‘i mikroskopik zarralarni his qilishi mumkin

To‘g‘ri, faqat tekis yuzadagilarni, deya xabar berishmoqda shved olimlari. Shunday qilib, agar barmog‘imiz Yer o‘lchamiga teng bo‘lganida uylar va mashinalar o‘rtasidagi farqni his eta olardi.

Foto: © Depositphotos

Kanada aholisi Amerikaning Florida shtati aholisiga qaraganda kamroq

Kanadada 35,1 million odam yashaydi, Florida aholisining soni esa 39,5 millionta.

Foto: © Depositphotos   © Iraqi News Agency / Wikimedia Commons 

AQShdagi Detroyt shahri kaliti Stivi Uander, Saddam Husayn va Maykl Jyekson kirgan Jackson 5 guruhi a'zolariga berilgan

Hukumat vakillari shaharning kalitini mashhur kishiga topshirish orqali uning xizmatlari va hurmatini tan oladilar. 1974 yilda Stivi Uander kalitlarni Detroytning Motown studiyasida o‘zining xit qo‘shiqlarini yozgani uchun olgan. Saddam Husayn mahalliy cherkov manziliga ko‘p minglik xayriyalari uchun ana shunday hurmatga sazovor bo‘lgan. Jackson 5 esa 2018 yilda Detroit Weekend Music Festivalʼda ishtirok etgani uchun shaharning kalitini olgan.

Foto: © sperucic / Instagram © Panda_911 / reddit

Las-Vegasdagi Bellagio mehmonxonasidagi xonalar soni Italiyadagi Bellajio shahri aholisiga qaraganda ko‘proq

Besh yulduzli mehmonxona-kazino 1998 yilda qurilgan. Unda 3 950 ta xona bo‘lib, kattaligi bo‘yicha dunyodagi 11-mehmonxona sanaladi. Aynan shu nomdagi mamlakatning shimolida, Milan yaqinidagi italyan shaharchasida esa 3 820 kishi yashaydi.

Foto: BBC

Odam tanasidagi hujayra va bakteriyalar soni bir xil

Isroil va Kanada olimlari guruhi ana shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot davomida bu nisbat 10:1 teng degan fikrni inkor etdilar. Bu faraz 1972 yildan beri yagona to‘g‘ri fikr sanalardi. Tadqiqotchilar 30 yoshli, vazni 70 kg o‘rtacha odam tanasida 30 trillion bakteriya va 39 trillion hujayra yashashini hisoblashgan.

Foto: Pixabay

Jirafa va odamlar bo‘ynidagi suyaklar soni bir xil

Qush, sudraluvchi va amfibiyalar bo‘ynidagi umurtqalar soni turlicha. Masalan, oqqushda ular 22 tadan 25 tagacha bo‘lishi mumkin. Biroq sutemizuvchilar — odam va jirafalarda hayvon yoki bo‘yin uzunligidan qat'iy nazar bor-yo‘g‘i 7 ta bo‘yin suyaklari bor.

Faktlarimiz bilan tanishdingiz. Xo‘sh, siz odamda qiziqish uyg‘otadigan yana qanday faktlarni bilasiz?

Ko‘proq yangiliklar: