G‘aroyib rotang: barchamiz uchun sevimli bo‘lgan mebelni tayyorlashda qo‘llanadigan liana qanday o‘sadi?

Light 17:28 / 18.12.2018 16639

Rotangdan tayyorlangan mebel nafaqat Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari, balki dunyoning boshqa mintaqalarida ham mashhur. Bu o‘simlikdan tayyorlangan buyumlar ekologik toza, uzoq muddatga xizmat qilishi, foydalanishda qulayligi va albatta chiroyliligi bilan ajralib turadi. Biroq Malayziya va Indoneziyada qanday qilib shu darajada ko‘p rotang poyalari o‘sadi? Yoki bu o‘simlikni mebel ishlab chiqarish uchun maxsus yetishtirishadimi?

Foto: TravelAsk

Rotang – kalamus yoki rotang palma deb nomlangan tropik liana poyalaridan olinadigan material. Rotang palmasi poyasining uzunligi 250-300 metrga yetishi mumkin. E'tiborlisi, u butun uzunligi bo‘ylab bir xil qalinlikda tekis o‘sadi. Aynan shu jihati uni qurilish va yasash uchun aqlbovar qilmas darajada mashhur qildi.

Foto: TravelAsk
Foto: TravelAsk

Bu keng tarqalgan lianani Indoneziya, Malayziya, Filippin o‘rmonlarida uchratish mumkin. Shuning uchun kalamus maxsus ravishda yetishtirilmaydi.

Poyaning butun uzunligi bo‘ylab bir xil diametrda bo‘lishidan tashqari kalamus lianasining yana bir muhim afzalligi bor. Uning po‘stlog‘i juda mustahkam bo‘lib, yetarli darajada elastik hamdir. Bug‘ bilan maxsus ishlov berilganidan keyin rotang poyasiga istalgan shaklni berish mumkin.

Foto: TravelAsk
Foto: TravelAsk

Quritilgan rotang poyasining rangi deyarli oq rangda. Mebel ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan material tabiiy to‘q ranglarga bo‘yaladi. Karkas sifatida liananing yaxlit poyalari ishlatiladi. Rotang polotnosi uchun poyadan tilish orqali olinadigan tolalardan foydalaniladi.

Foto: TravelAsk

Tabiiy rotangdan tayyorlangan mebel biroz vaqt avval kalamus o‘sadigan joylardagina ishlab chiqarilar edi. Bugungi kunga kelib quritilgan rotang ildizini Janubi-sharqiy Osiyodan chetga eksport qilishmoqda. Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida esa ushbu g‘aroyib, tabiiy materialdan boshqa buyumlar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan.

Ko‘proq yangiliklar: