Merriam-Webster lug‘ati yil so‘zini tanladi

Light 11:51 / 17.12.2018 4902

Amerikaning Merriam-Webster lug‘ati 2018 yilning so‘zi sifatida «adolat» (justice) so‘zini tanladi. Bu haqda nashr saytida xabar berilgan.

Ta'kidlanishicha, ushbu so‘z bo‘yicha qidiruv so‘rovlarining soni 2017 yil bilan taqqoslaganda 74 foizga ko‘paydi.

«Adolat konsepsiyasi yakuniga yetib borayotgan yilda ko‘plab muhokamalarimizning markazida bo‘ldi: irqiy adolat, ijtimoiy adolat, jinoiy, iqtisodiy adolat», - deyiladi lug‘at izohida.

Bundan tashqari, eng mashhur 10ta so‘z ro‘yxatidan «millatchilik», «belgi» va boshqalar joy oldi.

2017 yilda Merriam-Webster versiyasiga ko‘ra «feminizm» yil so‘ziga aylangan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: