Farovonlik reytingi e'lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston 14:57 / 17.12.2018 36923

O‘zbekiston farovonlik va barqaror iqtisodiy rivojlanish indeksida 152 davlat orasidan 101-o‘rinni egalladi. Bundan The Boston Consulting Group (BCG) tadqiqoti natijalari darak bermoqda.

Rossiya ro‘yxatda 59-pog‘onani egallagan, Qozog‘iston - 57-o‘rin, Belarus - 52-pog‘ona, Turkiya - 63, Ukraina - 67, Armaniston - 69, Ozarboyjon - 71, Qirg‘iziston - 95 va Tojikiston 108-o‘rindan joy oldi.

Reytingda Norvegiya yetakchilik qilmoqda, keyingi pog‘onalardan Shveytsariya va Islandiya joy oldi. Shuningdek, ilk o‘nlikka Lyuksemburg, Daniya, Shvetsiya, Singapur, Finlyandiya, Avstriya hamda Niderlandiya kirgan.
 
Ro‘yxat oxiridan Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Yaman, Gaiti, Kongo Demokratik Respublikasi, Sudan, Nigeriya, Mozambik va Pokiston joy oldi.

Ko‘proq yangiliklar: