O‘zbekiston Rostov-Don, Oqtov, Guanchjou va O‘shda konsulxonalar ochadi

O‘zbekiston 08:29 / 15.12.2018 4748

Yaqin kunlarda Rostov-Don (Rossiya), Oqtov (Qozog‘iston), Guanchjou (Xitoy) va O‘sh (Qirg‘iziston) shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi konsulxonalari ochilishi kutilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Senatga bergan hisobotida aytildi.

Qayd etilishicha, 2018 yilda Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi vakolatxonalar tizimini takomillashtirish bo‘yicha intensiv ishlar davom ettirildi. Vazirlik tarkibida Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi, Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar bo‘limi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi va arizalarni qabul qilish bo‘limi tashkil etildi. 

Tashqi siyosiy faoliyatni yanada kuchaytirish uchun xorijiy mamlakatlarda bir qancha yangi diplomatik missiyalar ochildi va mavjud bo‘lganlari kengaytirildi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 23ta xorijdagi vakolatxona bo‘yicha farmoni ishlab chiqildi va qabul qilindi. Ular jumlasiga Markaziy Osiyo davlatlari, Belarus, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Turkiya, Fransiya, Indoneziya va Hindistondagi elchixonalar, MDH, YuNESKO va BMTning Jyeneva shahridagi bo‘linmasi huzuridagi doimiy vakolatxonalar va O‘zbekiston Respublikasining yangi bosh konsulliklari kiradi.

Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Qozon, Vladivostok va Olma-Ota shaharlarida bosh konsulxonalar ochildi. Yaqin kunlarda Rostov-Don (Rossiya), Oqtov (Qozog‘iston), Guanchjou (Xitoy) va O‘sh (Qirg‘iziston) shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi konsulxonalari ochilishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: