Gruziyaning birinchi prezidenti o‘g‘illari otasining qotillarini aytishni talab qildi 

Jahon 00:34 / 15.12.2018 26662

Gruziyaning birinchi prezidenti Zviad Gamsaxurdianing o‘g‘illari Konstantin va Tsotne Gamsaxurdia prokuratura otalarining o‘limi tafsilotlari tergovini oxirigacha yetkazish talabi bilan ochlik boshlashlarini ma'lum qilishdi. 

Ular bosh prokuratura binosi yonida jurnalistlarga 31 dekabrda otalarining o‘limi kuniga 25 yil bo‘lishini va tergov qonun bo‘yicha belgilangan muddat o‘tib ketganligi sababli yopilishini ma'lum qilishdi. Konstantin va Tsotnening aytishicha, ular tergovning shu muddat tugaguncha yakunlanishini talab qilishmoqda. 

Ushbu talab munosabati bilan bosh prokuraturada jurnalistlarga Gamsaxurdianing o‘g‘illariga prokuratura vakillari, jumladan ishni olib borayotgan tergovchi bilan uchrashish taklif qilingani, biroq ular uchrashuvga kelishmagani ma'lum qilingan. 

Gamsaxurdianing to‘ng‘ich o‘g‘li Konstantin feysbukdagi sahifasida prokuratura qabulxonasida 24 dekabrda ochlik e'lon qilishini ma'lum qilgan. Uning fikricha, Gruziyaning amaldagi rahbariyati birinchi prezidentning o‘ldirilishi ishiga nuqta qo‘yish uchun tegishli irodani ko‘rsatishni istamayapti. 

Zviad Gamsaxurdia 1993 yil 31 dekabrda Dzveli Xibula qishlog‘ida noma'lum sharoitlarda vafot etgan. Gamsaxurdianing o‘limi bo‘yicha ish 1994 yil fevralda qo‘zg‘atilgan. O‘shandagi tergov natijalariga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgani o‘rnatilgan. Bu orada sobiq prezidentning o‘g‘illari otalari o‘ldirilganini ta'kidlab keladi. 2015 yilda bosh prokuratura tergov ishini “O‘z joniga qasd” qilish moddasidan “Qotillik” moddasiga o‘zgartirgan.  

Ko‘proq yangiliklar: