Xitoy uch oy davomida AQShdan import qilinadigan mashinalar uchun oshirilgan boj to‘lovi olmaydi 

Jahon 19:31 / 14.12.2018 4385

Xitoy hukumati AQShdan import qilinadigan avtomobillar uchun uch oy davomida oshirilgan boj to‘lovi olmaydi. Bu haqda Xitoy moliya vazirligi ma'lum qildi.

"2019 yilning 1 yanvaridan 31 martiga qadar 144 pozitsiyaga 25%lik va 67 pozitsiyaga 5%lik oshirilgan tariflar to‘xtatib turiladi", deyiladi vazirlik bayonotida.  

Xitoy va AQSh shu yilning iyul hamda sentabr oylarida bir-birining import qilinadigan qator tovarlariga oshirilgan boj to‘lovlarini joriy etgandi.

Avvalroq Bloomberg Qo‘shma Shtatlar 2019 yil 1 martgacha Xitoy tovarlariga bojlar joriy etmasligi haqida xabar qilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: