«Xalqaro migratsiya tashkiloti Konstitutsiyasini ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun qabul qilindi

O‘zbekiston 14:15 / 14.12.2018 4127

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida senatorlar 70 ovoz bilan «Xalqaro migratsiya tashkiloti Konstitutsiyasini (Bryussel, 1953 yil 19 oktabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishini ma'qulladi.

Ma'lumot uchun, Xalqaro migratsiya tashkiloti 1951 yilda tashkil topgan. Bosh qarorgohi Jyenevada joylashgan. Bugungi kunga qadar tashkilotga 172 mamlakat a'zo bo‘lgan. Tashkilotning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- Jalb etilgan barcha tomonlar manfaatlari inobatga olingan holda migratsiyani boshqarish;
- Mamlakatlar hukumati bilan hamkorlik, o‘zi uchun migratsiyani yagona yo‘l deya tanlagan insonlar manfaatining himoyasi;
- Odam savdosi («trafik») bilan kurash va uning oldini olish;

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 24 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Haitov Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT)ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy katta maslahatchisi M.Profazi, XMTning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy koordinatori Deyan Keserovich va tashkilotning O‘zbekiston bilan aloqalar bo‘yicha xodimi S.Toshboyevdan iborat delegatsiyani qabul qilgandi. Uchrashuvda O‘zbekistonning XMTga a'zo bo‘lishi hamda ikki tomonlama hamkorlikni kelgusida yanada rivojlantirish yo‘llarini muhokama qilingandi 

Ko‘proq yangiliklar: