Ufada o‘zbekistonlik ayol qotillik sodir etdi

Jahon 12:36 / 14.12.2018 26086

Rossiya Tergov qo‘mitasining Boshqirdiston bo‘yicha xodimlari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 33 yoshli ayolga nisbatan jinoiy ish doirasidagi tergovni yakunlashdi. Yaqin kunlarda u qotillik ayblovi bilan sud oldida javob beradi, deb xabar qilmoqda mahkama matbuot xizmati.

Tergovchilarning aniqlashicha, shu yil 9 oktabr kuni kechqurun Ufa shahridagi Donskaya ko‘chasida joylashgan uylardan birida sakkiz kishi to‘plangan. Ularning bari spirtli ichimlik iste'mol qilgan. Oqibatda ikki nafar erkak o‘rtasida mojaro yuz berdi, bu mushtlashuvga aylanib ketgan. Hammasi erkaklardan biri ikkinchisini qarzni to‘lamaganlikda ayblashi tufayli ro‘y berdi.

Mojaroda ishtirok etgan shaxslardan birining sobiq xotini uning yonini olishga qaror qildi va boshqa erkakning bo‘yniga pichoq bilan zarba berdi. Mushtlashuv to‘xtagan, uyda bo‘lganlar jarohat olgan shaxsni kasalxonaga olib borish uchun taksi chaqirishgan.

- Ular bu joylarni yaxshi bilmagani sababli yopiq poliklinikaga kelishgan, shundan keyin ortga qaytib ketishdi va tez tibbiy yordamni kutishdi. Biroq, tibbiyot xodimlari voqea joyiga yetib kelib, erkak hayotdan ko‘z yumganini qayd etishgan, - deya xabar berdi RF Tergov qo‘mitasining Boshqirdiston bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati.

Ayolga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saratov oblasti chegarasida O‘zbekiston fuqarosi ushlangani, u davlatlararo qidiruvda bo‘lgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: