Toshkentda uch nafar shaxs «Kobalt» ichidan 9000 dollarni o‘g‘irladi

Jamiyat 17:24 / 14.12.2018 8680

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida shu yilning 27 sentabr kuni noma'lum shaxs fuqaro K.U.ni uyi oldida qarovsiz qoldirilgan “Kobalt” rusum avtomashinasi eshigi ochiq qolganligidan foydalanib, salonidan ichida 9 000 AQSh dollari bo‘lgan hamyonini o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni M.Ulug‘bek tumanida yashovchi U.T., F.K. va Sh.I. sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olinganlar. 

Tergov davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: