Texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom  tasdiqlandi

O‘zbekiston 14:02 / 14.12.2018 5845

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom  tasdiqlandi.

Mazkur Nizom 2019 yil 1 yanvaridan kuchga kiritilib, 2024 yil 1 yanvarga qadar quyidagi sanoat va energetika tashkilotlariga yetkazib berilgan texnik suv uchun xizmat haqini hisoblashda, istisno tariqasida, 0,1 koeffitsiyenti qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda texnik suv yetkazib beriladigan sanoat va energetika tashkilotlarini bir oy muddatda xatlovdan o‘tkazsin hamda ular bilan belgilangan tartibda texnik suv yetkazib berish xizmati to‘g‘risida shartnomalarni rasmiylashtiradi.

Texnik suv yetkazib berilganligi uchun xizmat haqini hisoblashda 0,1 koeffitsiyenti qo‘llaniladigan sanoat va energetika tashkilotlari ro‘yxati: 
1. “Angren issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati. 
2. “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati. 
3. “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati.
4. “Taxiatash issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati.
5. “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” unitar korxonasi.
6.  “Toshkent issiqlik elektr markazi” unitar korxonasi.
7. “Yangi-Angren  issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati.
8. “Dehqonobod kaliy o‘g‘itlar zavodi” unitar korxonasi.

Ko‘proq yangiliklar: