Speedtest navbatdagi reytingni e'lon qildi. O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston 13:00 / 14.12.2018 31720

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingini e'lon qildi, unda noyabr oyi yakunlari bo‘yicha dunyodagi simsiz va simli internet tezligi haqidagi ma'lumotlar bor.

Mobil internet tezligi jihatidan O‘zbekiston ikki o‘ringa ko‘tarildi va endi 123 o‘rindan 108-pog‘onani egallab turibdi (10,44 Mbit/s).

Sim bilan ulanuvchi internet tezligida mamlakat bir pozitsiyaga ko‘tarildi va endi 126 davlat ichida 111-o‘rindan joy oldi (9,98 Mbit/s).

Islandiya mobil internet tezligi bo‘yicha reyting yetakchisiga aylandi (72,54 Mbit/s), Singapur - simli internet tezligida (185,25 Mbit/s).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda internet umumiy o‘tkazish qobiliyati 10 martaga o‘sgani, endi internet tezligida «gacha» qo‘shimchasi ishlatilmasligi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: