Saranskda homilador xotinini o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrant sud qilinadi

Jahon 13:15 / 14.12.2018 21683

Mordoviyada O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 25 yoshli erkak tomonidan sodir etilgan shafqatsiz qotillik holati yuzasidan jinoiy ishni tergov qilish yakunlandi. Uning qurboniga 26 yoshli homilador rafiqasi aylangan.

Migrant jinoyatni 2018 yilning 20 fevralida Luxovkada sodir etgan. Qotil homiladorlikning 30-haftasida bo‘lgan ayolni bo‘yinbog‘ bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. Shundan keyin u o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan, lekin bu g‘oyadan voz kechdi va voqea yuz bergan joydan yashirindi.

Oradan bir muncha vaqt o‘tgach, erkak politsiyaga kelgan va qotillik sodir etganini tan olgan. Migrant qotillikka sabab sifatida turmush o‘rtog‘ining qarindoshlarini keltirgan, ular bu oila qurilishiga qarshi bo‘lishgan hamda ajrashishni talab qilishgan. Jinoyatchi o‘z aybini to‘liq tan oldi, deya xabar beradi RIA Info-RM.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dog‘istonda O‘zbekistonning 25 yoshli fuqarosi o‘z rafiqasini o‘ldirganlikda gumonlanayotgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: