Qashqadaryoda ishdan olingan hokimlar, qasam ichmoqchi bo‘lgan jurnalist, Rossiya tarkibiga shoshilmayotgan Belarus va kunning boshqa xabarlari

O‘zbekiston 22:12 / 14.12.2018 42831

Yakunlanib borayotgan 14 dekabr, juma kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.

 

O‘ZBeKISTON XABARLARI

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev avvalgi topshiriqlar ijrosini ko‘zdan kechirish, xalq hayoti bilan bevosita tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga bordi.

 

·       Qashqadaryoda videoselektor: Prezident joylardagi ijro organlarini tanqid qildi

·       Qashqadaryo viloyatida to‘rt hokim ishdan olindi

·       Prezident Qarshi shahri «to‘rtligi»ni jiddiy ogohlantirdi

·       Hokimlarning vakolatlari qisqaradi: kengashlarga endi hokimlar raislik qilmaydi

·       Shahrisabz va Yakkabog‘da paxta yetishtirish tugatiladi

·       Davlat organlari xodimlari hukumatning maxsus mobil aloqa tizimidan foydalanishadi — Prezident farmoni

 

Senat majlisi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.

·       Shuhrat G‘aniyev Sog‘liqni saqlash vazirligidan ko‘mak so‘radi

·       Senat yalpi majlisida Tashqi ishlar vazirligi duch kelayotgan muammolar sanab o‘tildi

·       Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

·       Davron Nazarmuhammedov: «Ichki ishlar tizimi xodimlarining jinoyatlari biz uchun sharmandali hol»

·       Senat yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi

 

Energetika va ekologiya

 ·       «O‘ztransgaz» ko‘rmagan choralar oqibatida Farg‘onada iste'molchilarning 35 foizi tabiiy gaz bilan ta'minlanmagan»

·       O‘zbekiston elektr energiyasi ishlab chiqarishni 3,6 foizga oshirdi

·       Daraxtlar yashil emas, oq tusga kiradi. Jomboydagi mahalla aholisi sement changidan aziyat chekmoqda

·       Respublika byudjyet tashkilotlariga ko‘mir yetkazib berish rejasi to‘liq bajarildi

 

Ta'lim sohasi

 ·       Maktablar pedagog xodimlariga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari tasdiqlanadi

·       Maktab o‘qituvchilari mehnatiga haq to‘lash tartibi takomillashtiriladi

·       Hukumat o‘qituvchilardan ortiqcha hisobotlarni talab qilishga barham berish bo‘yicha qaror qabul qiladi

·       O‘zbekistonda oliy ta'lim to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlanadi

·       Maktablardagi direktor jamg‘armasi mablag‘lari nimalarni moliyalashtirishga sarflanadi?

 

Jurnalistika

 ·       Jurnalist qachon ichki senzuradan qutuladi?

·       Adliya vaziri: «OAVda ko‘rsatib bo‘lmaydigan masalalar ham bor»

·       Jurnalistlardan biri qasam ichmoqchi. Qolganlar qarshi

·       «Oson ermas bu maydon ichra turmoq…» — Tuman gazetlari muammolari

 

Dolzarb mavzular

 ·       Vatandoshlarni O‘zbekistonga taklif etish tartibi belgilanadi

·       Ishga qabul qilishda endilikda propiska talab qilinmaydi

·       IIV video qayd etish uskunalari uchun tender e'lon qildi

·       XMT rahbari: O‘zbekiston ham qishloq xo‘jaligida mehnat sharoitini yaxshilash buyicha ishlardan chetda qolmasligi kerak

 

JAHON XABARLARI

 ·       Lukashenko Belarus hech qachon Rossiya tarkibiga kirmasligini aytdi

·       Rossiyada jahon internetidan uzib qo‘yilish ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

·       Rossiyada O‘zbekistonning 17 fuqarosi o‘limiga sababchi bo‘lganlar sud oldida javob beradi

·       Turkiyada FETO ishi bo‘yicha 200dan ortiq harbiyni hibsga olishga order berildi

·       «Qirg‘iziston butun dunyoga sharmanda bo‘ldi». Jeenbekov transport vazirini ishdan chetlatishni buyurdi

·       Yevropa Ittifoqi Brexit shartlarini qayta ko‘rib chiqishdan bosh tortdi

 

SPORT XABARLARI

·       Superligada 2018 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

·       Ronaldu aybini tan oladi – unga shartli qamoq jazosi tayinlanadi

·       «Barselona» fanatlari Figu nomini «Kamp Nou»dan olib tashlashni talab qilishdi

·       Yevropa Ligasida pley-offning barcha ishtirokchilari ma'lum: ustunlik hamon ispanlarda

·       Chempionlar Ligasida haftaning eng zo‘r futbolchisi aniqlandi – u Neymarni ortda qoldirdi

Ko‘proq yangiliklar: