O‘zbekistonda yangi turar joylar majburiy ravishda gazoanalizatorlar bilan jihozlanadi

O‘zbekiston 09:50 / 14.12.2018 14287

Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qo‘riqlanishini ta'minlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori (PQ-4060, 12.12.18 y.) qabul qilindi.

Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga ko‘ra, qaror bilan:

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga “Xavfsiz xonadon” konsepsiyasi joriy etiladi;

2022 yil 31 dekabrga qadar respublikaning barcha hududlarida markazlashgan kuzatuvning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;

yangi turar joylar IIB organlari bilan kelishilgan holda majburiy tarzda qo‘riqlash-yong‘in tashvishgohlari va gazoanalizatorlar bilan jihozlanadi;

respublika mahallalarining xavfsizlik darajasi har chorakda reyting asosida baholanadi hamda har yili “Eng xavfsiz mahalla” respublika tanlovi o‘tkaziladi;

IIV Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tarkibida asosiy faoliyat yo‘nalishi qo‘riqlov texnik vositalari va tizimlarini montaj qilish, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘lgan “Qo‘riqlash Servis” DUK tashkil etiladi.

2019 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning uy-joylari va xonadonlariga foydalanish uchun beriladigan ko‘riqlov texnik vositalarini o‘rnatish va bepul texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish ichki ishlar organlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: