Nazarboyev prezidentning yolg‘izligi nimada ekanligini aytdi

Jahon 00:59 / 14.12.2018 18712

Qozog‘iston prezidenti teleradiomajmuasi Nursulton Nazarboyev davlat rahbarining yolg‘izligi nimada ekanligi haqida so‘zlagan arxiv videodan parchani e'lon qildi.

“Haqiqiy yetakchi bo‘lishning mushkulligi sen oldinga boquvchi ekanligingdadir. Sen yetaklanuvchi emas, yetakchisan. Sen qayerga yetaklayotganingni bilishing kerak”, deb aytgan Nazarboyev. 

Qozog‘iston prezidentining ta'kidlashicha, uning “snaryadlar yetkazib beruvchi” maslahatchilari va yordamchilari talaygina. 

“Yozadilar, tahlil qiladilar, unday qilish kerak, bunday qilish kerak, deb taklif beradilar. Biroq sen qaror qabul qilishing kerak, ular yozganlari uchun javob bermaydilar. Prezident qaror qabul qilishi va unga javob berishi kerak. Prezidentning yolg‘izligi mana shunda. Sen bir o‘zing o‘tirib ishlaysan”, deb o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan prezident. 

Ko‘proq yangiliklar: