Malida jangarilar hujumi vaqtida 42 kishi halok bo‘ldi 

Jahon 07:35 / 14.12.2018 4489

Mali sharqida jangarilar hujumi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda MaliJet mahalliy portali ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, Menaka shahri yaqinida 11 va 12 dekabrga o‘tar kechasi ikkita aholi punktiga hujum qilingan. “Azavadning farovonligi uchun harakat” (MSA) tashkiloti bayonotiga ko‘ra, mototsikllarda bo‘lgan bir guruh jangarilar uylarga o‘t qo‘yib, odamlarni o‘qqa tutgan. 

MSA 2016 yilda tuareglar qabilalarining milliy-ozodlik harakatining sobiq a'zolaridan tuzilgan. 

Malidagi inqiroz qo‘shni Liviyada 2011 yilda Muammar Kazzofiyning tuzumi ag‘darilgani oqibatida yuzaga kelgan. O‘shanda Mali hududiga tuareglar qabilalaridan qochqinlar yopirilgan. Ular mamlakatning shimoliy qismini egallab, u yerda Azavad davlatini tuzishganini e'lon qilishgan. Keyinroq tuareglarni ushbu hududlardan ekstremistlar siqib chiqargan.   

Ko‘proq yangiliklar: