Kun.uz Navoiy va Xorazmga boradi. Murojaatlar qabul qilinmoqda

Jamiyat 20:40 / 14.12.2018 33077

Kun.uz tahririyati viloyatlar bo‘ylab safarlarni davom ettiradi. Yaqin vaqtlar ichida Navoiy va Xorazm viloyatlariga safar rejalashtirilgan.

Kun.uz jurnalistlari Navoiy va Xorazm viloyatlariga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlarini kuzatishadi hamda viloyatlar rahbarlari bilan suhbat tashkil etishadi.

Shu munosabat bilan tahririyat Navoiy va Xorazm viloyatlari aholisidan o‘rganish uchun mavjud murojaat hamda shikoyatlarni yuborishni so‘raydi.

Faqat eng dolzarb va asosli murojaatlar saralab olinadi, yuridik va maishiy mojarolar bo‘yicha murojaat etmaslik so‘raladi.

Muxbirlar eng dolzarb muammolarni batafsil o‘rganishadi va keyinchalik tegishli materiallar saytda e'lon qilinadi.

Murojaat va shikoyatlarni info@kun.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Telegramda aloqa uchun: +998 (95) 146 23 23

Ko‘proq yangiliklar: