Krasnoyarsk o‘lkasida Irkutsk - O‘zbekiston yo‘nalishida yo‘lga chiqqan nosoz avtobus to‘xtatib qolindi

Jahon 12:22 / 14.12.2018 8197

Irkutsk - O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan «Mersedes» avtobusi Rossiya Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi xodimlari tomonidan shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro tashuvlar xavfsizligi bo‘yicha profilaktik tadbirlar doirasida to‘xtatildi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, avtobusda 36 yo‘lovchi bo‘lgan - O‘zbekiston fuqarolari. Tekshiruv natijasida aniqlanishicha, transport vositasi harakatlanish uchun xavfli bo‘lgan, boshqaruv va tormoz tizimidagi nosozliklar bilan yo‘lga chiqqan. Avtobus maxsus turargohga olib ketildi.

Yo‘lovchilarning hujjatlarini tekshirishda migratsiya qonunchiligi buzilishiga doir 10ta holat aniqlandi. Har bir qoidabuzarga ikki ming rubl miqdorida jarima solindi. Ular Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada O‘zbekistonning 17 fuqarosi o‘limiga sababchi bo‘lganlar sud oldida javob berishi xabar qilingandi.

Rossiyaning Vladimir oblasti Pokrov stansiyasida poyezd g‘ildiraklari ostida qolgan o‘zbekistonliklarning o‘limiga sababchi bo‘lganlar sud oldida javob beradi. Petushinskiy tuman sudi O‘zbekistonning 17 fuqarosi o‘limi bo‘yicha ikki nafar xorijlikka nisbatan jinoiy ishni ko‘rib chiqadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: