Ganadagi universitetda Maxatma Gandi haykali buzib tashlandi

Jahon 21:18 / 14.12.2018 13501

Akkra shahridagi Gana universiteti rahbariyati ikki yil avval kampusda o‘rnatilgan Maxatma Gandi haykalini olib tashladi.

Haykal 2016 yil sentabrda petitsiya bilan chiqqan mahalliy olim va talabalar talabiga ko‘ra buzib tashlandi. Ular Gandining irqchi bo‘lganligini, shuning uchun universitetda uning haykaliga joy yo‘qligini bildirishgandi.

Gandiga qarshi chiqqanlarning ta'kidlashlaricha, u Janubiy Afrikada yashagan vaqtida «hindlarning afrikaliklardan behad ustunligi» haqida gapirgan, deb xabar bermoqda BBC News. U afrikaliklarni «kofirlar» deb atagan.  

Hindiston mustaqilligi uchun kurashgan Maxatma Gandi 1893 yildan 1914 yilgacha Janubiy Afrikada yashagan. Afrikaliklar uni irqchi deb hisoblashadi. 2003 yilda JARda Yoxannesburg shahri aholisi Gandiga haykal o‘rnatilishiga qarshi chiqishgandi.  

Ko‘proq yangiliklar: