AQSh va Kanada bo‘ylab portlashlar tayyorlanayotgani haqida xabarlar tarqatildi

Jahon 15:42 / 14.12.2018 8489

AQSh hukumati turli muassasalarga portlatish bilan tahdid qilingan yuzlab xatlar bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshladi. 

San-Frantsisko politsiyasining xabar berishicha, bunday xatlar haqidagi murojaatlar ertalab soat o‘ndan kelib tusha boshlagan.

Kaliforniyada ana shunday xabar sababli Infinity Ward kompaniyasi ofisi evakuatsiya qilingan.

Xuddi shunday tahdidli maktublar Kanadada ham paydo bo‘lgan. Maktublar Vinnipeg, Monreal, Ottava, Kalgari, Toronto, Vankuver va Pentikton shaharlaridagi muassasalarga jo‘natilgan, deb xabar berdi ABCNews Kanadaning CTVNews agentligiga tayanib.  

Portlatilishi aytilgan muassasalar sifatida kutubxonalar, banklar va shifoxonalar tilga olingan. Nyu-York politsiya departamentining bildirishicha, butun mamlakat bo‘ylab yuzlab korxonalar, maktab, shifoxona va boshqa muassasalarga tahdidli maktublar jo‘natilgan.  

TheVerge nashrining xabar berishicha, maktublarda bir nechta bitkoin-hamyonlar ko‘rsatilgan. Ushbu holat yuzasidan hozircha hech kim hibsga olinmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: