Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori O‘zbekistonga keldi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2018 yilning 13 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov mamlakatimizga tashrif buyurgan Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashdi.
Batafsil muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ta'kidlanganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilayotgan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi mamlakatni yangi innovatsion va industrial rivojlanish darajasiga ko‘tarishda muhim rol o‘ynaydi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha o‘ziga xos “Yo‘l xaritasi” hisoblanadi.
Gay Rayder tomonidan XMT va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik so‘nggi ikki yilda sezilarli mustahkamlangani va chinakam sheriklikka aylangani alohida qayd etildi. Hozirda tomonlar O‘zbekistonda bolalar mehnati muammosi to‘liq bartaraf etilgani va majburiy mehnatning oldini olish borasida sezilarli muvaffaqiyatga erishilgani to‘g‘risida gapirishlari mumkinligini XMT bosh direktori yana bir bor tasdiqladi.
Ta'kidlanganidek, XMT mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashi va mamlakatimiz bilan ijtimoiy masalalarni hal etishga qaratilgan qator qo‘shma loyihalarda ishtirok etishga O‘zbekiston tomoni katta ahamiyat beradi.
Uchrashuvda ikki tomon ham muayyan yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligi tasdiqlandi.
Mavzuga oid

17:36 / 10.12.2024
XMT Markaziy Osiyodagi ishsizlik darajasi bo‘yicha ma’lumot berdi

11:31 / 10.07.2024
Senat raisi Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi

18:38 / 17.10.2023
O‘zbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

20:21 / 01.06.2023