Video: yo‘l ostidan o‘tuvchi isitish quvurlarini ta'mirlashdagi nuqsonlar uchun kim aybdor? 

O‘zbekiston 00:24 / 13.12.2018 7344

O‘zbekistonning yirik shaharlarida markaziy isitish tarmog‘i quvurlari yo‘llar ostidan o‘tadi. 

Bu Toshkent shahri Uchtepa tumani Mahsud Shayxzoda ko‘chasi qatnov qismining 24-oilaviy poliklinika qarshisidagi qismi. Ayrim haydovchilar bexosdan paydo bo‘luvchi chuqurlik qarshisida ojiz qolishadi. Abjirlari esa, qarama-qarshi yo‘lakda harakatni davom ettirayotganiga ko‘zimiz tushdi. 

Video: Youtube.com

Video: Tas-IX

Ko‘rinishidan xulosa qilish mumkinki, yo‘l ostidan o‘tuvchi isitish tarmog‘i ta'mirlanganidan so‘ng qatnov qismi shunday holatga kelib qolgan. Bu yetarli darajada tosh to‘kmasdan, xo‘jako‘rsinga asfalt yotqizish natijasi, albatta. 

Bunga kim aybdor, kim mas'ul? Yo‘lsozlar yoki markaziy isitish ta'minoti boshqarmasi? Mas'ullar qayoqqa qarayapti? Toshkentning aksar ko‘chalarida isitish tarmog‘i ta'mirlanganidan so‘ng, shunday noxush holatlarga ko‘z tushaverib, ko‘zimiz o‘rganib ham qolgan. Biroq bunga barham berish vaqti kelmadimi? Ta'mirlashdan keyin uni qabul qilib oluvchilar bo‘lsa, ular nahotki, yo‘l holatiga e'tibor qaratishmaydi? Ular qachon sidqidildan ishlashni shior qilishadi?

Ko‘proq yangiliklar: