Turkiya zirhli texnikalarini Suriya chegarasiga olib keldi

Jahon 22:10 / 13.12.2018 9965

Turkiya harbiylari Suriya bilan chegaradosh Kilis viloyatidagi harbiy guruhini zirhli texnikalar bilan kuchaytirmoqda, deb xabar berdi NTV telekanali.

Xabar qilinishicha, zirhli texnikalar Turkiya prezidentining mamlakat suriyalik kurdlar mudofaa kuchlariga (YPG) qarshi harbiy operatsiya o‘tkazishga tayyorligini bildirganidan so‘ng keltirila boshlagan.

Anqara Vashingtonni Suriya shimoli-sharqini nazorat qilib turgan kurd guruhlariga qurol yetkazib berishda bir necha bor ayblagandi. Turkiya YPG guruhini terrorchilik tashkiloti deb e'lon qilingan Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqadorlikda ayblab keladi.

Ko‘proq yangiliklar: