Putin Uzoq Sharq poytaxtini Vladivostokka ko‘chirdi 

Jahon 22:26 / 13.12.2018 18628

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Uzoq Sharq poytaxtini Primore o‘lkasi gubernatori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Oleg Kojyemyako iltimosi bilan Xabarovskdan Vladivostokka ko‘chirdi.  

Putin o‘z ma'muriyatiga poytaxtning ko‘chirilishi bo‘yicha zarur tadbirlarni amalga oshirishni buyurgan.

“Birinchidan, bu biz uchun obro‘. Bu qandaydir pullar va e'tibor. Biz mehmondo‘st odamlarmiz, barchani kutib olamiz”, deb aytgan Kojyemyako. Uning fikricha, poytaxtning ko‘chirilishi yangi ish o‘rinlari yaratilishiga olib keladi.

Biroq Xabarovsk meri Sergey Kravchuk va Xabarovsk o‘lkasi gubernatori Sergey Furgal bunga qarshi chiqishgan. Kravchukning aytishicha, aynan Xabarovsk eng yirik logistik markaz hisoblanadi. “Nima Vladivostokning poytaxtni ko‘chirtirishdan boshqa ishi yo‘qmi? Men bunga qarshiman va Xabarovsk Uzoq Sharqning tarixiy markazi deb aytaman”, deb ta'kidlab o‘tgan Kravchuk. 

Kojyemyako Primore o‘lkasi gubernatori vazifasini bajaruvchiga saylovlarning ikkinchi turi noqonuniy deb topilganidan keyin aylangan. Takroriy ovoz berish 16 dekabrda bo‘lib o‘tadi.  

Ko‘proq yangiliklar: