Milliy taomlar haftaligi: Toshkentda master-klass. Turistlarni viloyatlarga ham sayohatlar kutmoqda

O‘zbekiston 11:00 / 13.12.2018 10235

Hozirgi kunda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.

Bu jarayon bir necha omillar asosida shakllanadi. Bunday omillar ichida gastronomik salohiyat, ya'ni milliy taomlar masalasi e'tiborga molik jihat hisoblanadi. 

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Oshpazlar assotsiatsiyasi hamkorligida bir necha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Shunday loyihalardan biri «Lazzatli O‘zbekiston» loyihasi doirasida 12 dekabr kuni Toshkent shahrining bir necha hududida «Mehmonnavozlik maktabi» kurslari o‘tkazildi.

Dastlab, poytaxtdagi «Ichan Qal'a» mehmonxonasida «Milliy o‘zbek nonushtasi» taqdimoti bo‘yicha mahorat darslari (darslar nonushtani Uyushma va Xalqaro Oshpazlar Asotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida taqdim etish, xorijlik sayyohlarga ingliz tilida xizmat ko‘rsatish, horijliklar bilan muloqotda lingvomadaniy to‘siqlarni bartaraf etish masalalari bo‘yicha treningni o‘z ichiga oldi. 

Shundan so‘ng, «O‘zbekiston Oshpazlar Uyushmasi» binosida yengil tamaddi bo‘yicha «Milliy shirinliklar» taqdimoti o‘tkazildi. Unda o‘zbek dasturxonidagi turistlarni o‘ziga jalb qila oladigan shirinliklar kolleksiyasi namoyish etildi. Bu jarayon davomida xalqaro darajadagi oshpaz Damira Sayfutdiyarova holvaytarning tayyorlanishi bo‘yicha master-klass o‘tkazib berdi.

Bugungi bir kunlik loyiha yakunida «Toshkentcha kechki ovqat» dasturi ham taqdim etildi. Unda toshkentcha to‘y oshi, jarkob, qovurilgan bedana kabi milliy taomlarimizdan namunalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Loyiha amalga oshirilganda turistlarning viloyatlarga sayohatlari uyushtirilib, mahalliy taomlarning tayyorlanishi bo‘yicha master-klasslar o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: