Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda bog‘dorchilik rivojlantiriladi. Prezident yong‘oq ko‘chati o‘tqazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida Yakkabog‘ tumanida "Sag agro Yakkabog’ " mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilayotgan yong‘oqzor va bodomzorni borib ko‘rdi.
«Bu bog‘lar davlatimiz rahbarining joriy yil yanvar oyidagi Qashqadaryoga tashrifi davomida bergan topshiriqlari asosida tashkil etildi. Prezidentimizning 2017 yil 1 iyundagi «Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori buning uchun qulay sharoit yaratdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Bugungi kunda 700 gektar maydonda yong‘oqning «Chendler», «Cisco» va bodomning «Avijor», «Guara» navli ko‘chatlari o‘tqazilgan. Kelgusi yil yana 440 gektarga ko‘chatlar ekiladi.
Yong‘oqlar 4 yilda, bodomlar 3 yilda hosilga kiradi. Shundan so‘ng yiliga 7 ming tonnaga yaqin mahsulot olish mumkin bo‘ladi. Mahsulotlarning 60 foizini eksportga chiqarish rejalashtirgan.
«Qashqadaryoda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha katta salohiyat bor. Yakkabog‘da ham hosildor yerlar, dehqonchilikni yaxshi biladigan odamlar ko‘p. Bundan to‘g‘ri foydalanib, bog‘dorchilikni rivojlantirish, aholini ham oziq-ovqat bilan, ham ish bilan ta'minlash mumkin», - degan Shavkat Mirziyoyev.
Shu bois ko‘chatxonalar tashkil etib, aholi tomorqalari uchun mevali daraxtlar yetkazib berish zarurligi ta'kidlandi. Yong‘oq, bodom va boshqa bozorbop mevalar yetishtirishni ko‘paytirish, agronomlarni zamonaviy agrotexnik tadbirlar bo‘yicha o‘qitish uchun tayyorlov kurslari tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Prezident bog‘ga yong‘oq ko‘chati o‘tqazdi.
Shu yerning o‘zida Qashqadaryo tumanlaridagi zaxira yer maydonlarida pista, achchiq bodom, yong‘oq va chakanda plantatsiyalarini tashkil etish, Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligida kurkachilikni rivojlantirishga oid loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Viloyatda baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik, qorako‘lchilik bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida ma'lumot berildi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol hibsga olindi
Jahon | 18:28
-
Yevrokomissiya Zelenskiy ishtirokidagi muzokaralarni yozib olgan tarjimonni chetlatdi - Le Monde
Jahon | 18:26
-
Rustam Ashurmatov Eron chempionatiga o‘tdi
Sport | 18:24
-
Avstraliya 2014 yilda urib tushirilgan MH17 samolyoti uchun Rossiyadan tovon talab qildi
Jahon | 18:24
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi

12:58 / 28.06.2025
Malayziya Qashqadaryoda kichik gidroelektr stansiyalarini quradi

19:16 / 20.06.2025