O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasida yetakchi bo‘lgan Huawei kompaniyasi uchun jadal rivojlanayotgan va istiqbolli bozorlardan biri hisoblanadi. Huawei barcha biznes yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun qat'iy qadam tashlamoqda. O‘zbekistondagi 19 yillik faoliyati davomida kompaniya jamiyatning ajralmas bo‘lagiga aylanib, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishda o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelmoqda.
Biznes-maqsadlardan tashqari, Huawei ijtimoiy sohaga ham katta e'tibor qaratadi. Har yili kompaniya xayriya aksiyalari o‘tkazadi va smart-ishlanmalari bilan iste'dodli yoshlarning kamol topishi uchun yordam beradi.
O‘zining ushbu an'analariga sodiq qolgan holda «Orzular Huawei bilan ushaladi!» nomli maxsus aksiyani e'lon qildi.
Aktsiyadan ko‘zlangan maqsad mamlakatda brend nomini yanada ommalashtirish hamda o‘zbekistonliklarni Huawei ishlab chiqqan eng so‘nggi innovatsiyalar bilan tanishtirish, ularga ilg‘or texnologiyalarni taqdim etishdir.
Ushbu aksiya doirasida Huawei smartfonlaridan birini xarid qilgan har bir shaxs 2019 AQSh dollariga teng yutuq taqdim etiladigan o‘yin ishtirokchisiga aylanadi, g‘olib yuqoridagi mablag‘ni o‘z orzusini ro‘yobga chiqarish uchun sarflashi mumkin.
Aktsiyada qatnashish uchun bor-yo‘g‘i ikkita ishni bajarish kerak, xolos:
1. IMEI-kodi ko‘rinadigan quti va to‘ldirilgan kafolat talonining rasmini @HuaweiMobileUz_bot telegram-botiga yuborish;
2. Ma'lumotlar tekshirilgach, yutib olinadigan mablag‘ni qanday orzuni ro‘yobga chiqarish uchun sarf etishini yozish.
2018 yilning 1 dekabr sanasidan 2019 yilning 15 yanvar sanasiga qadar har yakshanba kuni o‘tgan hafta dushanbadan shanbagacha yuborilgan so‘rovnomalar orasida yutuqli o‘yin o‘tkaziladi. G‘oliblarni aniqlash jarayoni taniqli shaxslar ishtirokida «ZO’R TV» telekanalida jonli efir orqali namoyish qilinadi.
- Huawei innovatsiya va texnologiyalarni rivojlantirish ustida doimiy ish olib boradi. Shu tufayli biz mobil qurilmalar bozorida o‘z o‘rnimizni mustahkamlab, smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi brendlar qatoriga kirdik. Foydalanuvchilarning istaklarini to‘g‘ri anglash, ularning ehtiyojiga javob beradigan gadjyetlar yaratish orqali biz mana shunday natijalarga erishmoqdamiz. Yuqori sifatli kameraga ega smartfonni istasangiz, biz sizga Huawei P20 Pro modelini taklif etamiz, agar boshqa telefonlarni ham quvvatlay oladigan smartfon kerak bo‘lsa, marhamat, Huawei Mate20 Pro sizning xizmatingizda. Texnologiyalar sohasidagi peshqadamlik bizga insonlarning eng dadil orzularini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini bermoqda. Ushbu aksiya ham kompaniyamiz strategiyasini ifodalovchi galdagi isbotdir, - deb ta'kidlaydi Chjou Syan, Huawei Device departamentining O‘zbekistondagi direktori.
Reklama huquqi asosida